Yangiliklar

Nogironligi mavjud shaxslarga berilgan davlat imtiyozlarining qo‘llanilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 18-«Navoiy» saylov okrugidan saylangan deputat B.Ahmadov hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Jondor tumani Kengashi apparati rahbari Sh.Boboyev hamkorligida saylov okrugida nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va kafolatlarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari, ajratilgan imtiyozlardan foydalanish holati hamda mavjud muammo va takliflar atroflicha muhokama etildi. Aniqlangan masalalarni qonunchilik talablari asosida hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida jamiyatda mehr-oqibat va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida faol ishtirok etayotgan bir guruh volontyorlarga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur o‘rganish nogironligi mavjud shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishni kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4