Yangiliklar

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Toshkent mahallasida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasining hududlar kesimidagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, aholi turmush darajasini oshirish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, mazkur masalani Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilish rejalashtirilgan.

Slide 1 of 2