Yangiliklar

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati S.Tilovov

#24_ta_masala

🔣Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati S.Tilovov tomonidan Kattaqo‘rg‘on tuman 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida bitiruvchilarning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazildi.

🔣Uchrashuv davomida bitiruvchilarning kelgusi ta’lim yo‘nalishlarini to‘g‘ri tanlash, ularning oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

🔣Shuningdek, ota-onalarning farzand tarbiyasi va ularning kelajakdagi maqsadlariga erishishida maktab va oila hamkorligini yanada mustahkamlash muhim ekani ta’kidlandi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram