📌 Xalq bilan muloqot qilish, ularning muammolarini tinglash va joyida hal etish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyati xodimlari Gʻ.Uzoqov, J.Ergashev, O.Nosirovlar hamda “Sariosiyo” MFY Profilaktika inspektori bilan birgalikda fuqaroning murojaatli oʻrgandilar. Muloqot davomida fuqaro tomonidan koʻtarilgan muammolar atroflicha tinglanib, ularning yechimi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi va tegishli choralar belgilandi hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bo'yicha tushintirish ishlari olib borildi.
Maqsad bitta: Fuqarolarning roziligiga erishish va har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini his qilgan holda ularga koʻmaklashish. #Kotibiyat #mudirining #ish #reja #ijrosi #Qonun_targ'iboti