Yangiliklar

Deputat Savdo-sanoat palatasi faoliyatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Zafarbek Dovletov biriktirilgan tuman Savdo-sanoat palatasida bo‘lib, tashkilot rahbari Baxtiyor Ro‘ziboyev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Prezidentimiz ishtirokida avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirkorlarning an’anaviy uchrashuviga tayyorgarlik ishlari, tadbirkorlar murojaatlarini tahlil qilish va ularni tegishli tashkilotlarga yetkazish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot yakunida tadbirkorlar muammolarini hal etish hamda ularning takliflarini amaliy qo‘llab-quvvatlashda tuman Kengashi deputatlari va Savdo-sanoat palatasi hamkorligini yanada kuchaytirishga kelishib olindi.