Yangiliklar

Deputat aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi



♻️Xalq deputatlari tuman Kengashining 6-okrug deputati T.Xoliqov tomonidan "Madaniyat" mahallasida mahalla faollari va fuqarolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

♻️Uchrashuv davomida hudud aholisini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi.

♻️Fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta'mirlash, ichimlik suvi ta'minoti, elektr energiyasi, ko‘cha yoritish tizimi, obodonlashtirish ishlari, jamoat transporti, yoshlar bandligi va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

♻️Deputat T. Xoliqov har bir murojaatni batafsil o‘rganib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishini ta'kidladi. 

Slide 1 of 3