Yangiliklar

#dastur_ijrosi #96_qonun

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Xamrayev hamda tuman Kengashi deputati Sh.Ortiqov tomonidan o‘rmon xo‘jaligi hududida PQ-392-sonli qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan suv inshooti qurilishi va suv quvurlari tortish ishlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida qurilish jarayonlarining borishi, olib borilayotgan ishlar sifati hamda hududni barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, loyiha doirasida ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, aholiga qulay infratuzilma yaratish hamda suv ta’minoti tizimini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 1