Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

  “Dolzarb 90 kun” doirasida 43-son umumta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati, Kotibiyat mudiri O. Tursunov “Boyqishloq” mahallasi hududida joylashgan 43-son umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi

📚 Tashrif davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Sherobod tumanida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlari ijrosi o‘rganildi.

⚽ Xususan, maktabda faoliyat yuritayotgan futbol to‘garagining mashg‘ulotlari bilan tanishilib, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport inshootlarining holati hamda to‘garak faoliyatining samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

✅ Mas’ullarga yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va boshqa foydali mashg‘ulotlarga keng jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 6