Namuna mahallasiga amalga oshirilgan tashrif davomida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova
hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalar mahallada yaqinda barpo etilgan piyodalar yo‘lakchasini hamda yangi asfalt qilingan Shinam va Ko‘xinur ko‘chalarini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdilar. Mahalla raisi M.Jo‘rayev tomonidan mazkur piyodalar yo‘lakchasi hamda asfaltlash ishlarining qurilish jarayoni, amalga oshirilgan ishlar, foydalanilgan qurilish materiallari hamda aholi uchun yaratayotgan qulayliklari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, amalga oshirilgan ishlar mahalla aholisi, ayniqsa, keksa avlod va yosh bolalarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, ta’lim muassasalari va ijtimoiy obyektlarga borish-kelish uchun qulay sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.