Yangiliklar

Deputat Kengash raisi Abdullayeva Barno Sayfutdinovna 20-Xonto‘pi saylov okrugida xotin-qizlar faollari faoliyatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi raisi, deputat Abdullayeva Barno Sayfutdinovna 20-Xonto‘pi saylov okrugi hududida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib, tizimli monitoring olib bordi.

💬O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlar murojaatlari bilan ishlash tizimi, “mahallabay” yondashuv asosida olib borilayotgan ishlar, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik darajasi hamda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8