Yangiliklar

Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Valiyeva tomonidan “Hurriyat-1” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

Slide 1 of 5