Deputatlik nazorati doirasida Andijon shahridagi "Sadoqat" MFY hududida aholi murojaatlari o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida "Ochiq budjet" dasturi asosida Lutfiy ko‘chasida olib borilayotgan asfaltlash ishlari jarayonida 1 ta beton elektr tayanchi qurilish ishlariga to‘sqinlik qilayotgani aniqlandi.
Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida mas'ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilib, infratuzilma obyektlarini belgilangan tartibda boshqa joyga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqish hamda ko‘rilgan choralar yuzasidan yozma ma'lumot taqdim etish so‘raldi.
Muammoning ijrosi deputatlik nazoratida.