Yangiliklar

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

🗣 Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularning muammo va takliflarini tinglash maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashining 10-Qoratepa saylov okrugi deputati S.Jalilov tomonidan Mayda mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

📋 Qabul jarayonida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan masalalar keng qamrovli bo‘ldi.

✅ Har bir murojaatlarga alohida e’tibor qaratilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar va mutasaddilar ishtirokida aniq chora-tadbirlar belgilab oldi. Qator masalalar joyida hal etildi, ayrimlari esa qo‘shimcha o‘rganish talab etgani bois nazoratga olindi.

💡Shuningdek, qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Bu esa mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yanada yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

🤝 Bunday uchrashuvlar aholi bilan yaqin muloqot o‘rnatish, ularning ishonchini mustahkamlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Deputatlar tomonidan bu kabi qabullar izchil davom ettirilishi belgilandi.