Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yil iyul oyi davomida o‘z saylov okruglarida saylovchilari bilan uchrashuvlarni o‘tkazish reja-jadvali.
Bunda ushbu tasdiqlangan uchrashuvlarni o‘tkazish reja-jadvalini belgilangan muddatlarda ijrosini ta’minlab borish maqsadida quyidagilar:
1. Tumandagi barcha siyosiy partiyalari raislari:
mazkur tasdiqlangan uchrashuvlardan har bir deputatni (tegishli partiyaviyligi bo‘yicha) rejaga qo‘yilgan kundan bir kun oldin ogohlantiradi hamda ularning uchrashuvlardagi ishtirokini birgalikda shaxsan o‘zlari qatnashish orqali ta’minlaydi;
2. Tuman hokimligining tashkiliy kadrlar bo‘limi rahbari hamda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri:
o‘tkaziladigan uchrashuvlar uchun bino ajratilishi, uchrashuv joyi va vaqti haqida fuqarolarga xabar berilishi hamda deputatlarning taklifiga ko‘ra uchrashuvlarda ijro organlari mas’ullari ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha mas’ul hisoblanadi.