Yangiliklar

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abduvoxidov Xusan Bo‘ltakovich tomonidan Bog‘ishamol mahallasidagi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning uy-joy, kommunal xizmatlar, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, yer munosabatlari hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Har bir murojaat yuzasidan tegishli mutasaddilar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, joyida hal etish mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar ijroga olinib, mas'ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda joylarda tezkor yechim topishga qaratilgan sayyor qabullar muntazam davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3