Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Norqaraev tomonidan 20-Ag‘ron saylov okrugiga qarashli Novbahor mahallasida joylashgan 54-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari olib borildi.
🔷O‘rganish davomida ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, sinf xonalari, hududni obodonlashtirish ishlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ta’mirlash ishlari, o‘quv jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
🔷Shuningdek, maktab rahbariyati bilan muloqot davomida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
🔷Deputat tomonidan ta’lim muassasasida aniqlangan ayrim masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish va ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.
🔷Yosh avlodning sifatli ta’lim olishi uchun munosib shart-sharoit yaratish, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash masalalari doimiy e’tiborda bo‘lib qolmoqda.