Yangiliklar

🛣 Bo‘ston mahallasidagi murojaat joyida o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati A.Kalandarov kotibiyat mudiri I.Masharipov hamda kotibiyat xodimi U.Ruzmetov bilan birgalikda fuqaro U.Bakiyev tomonidan bildirilgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
🛣 Murojaatda Bo‘ston mahallasi Mevazor ko‘chasiga asfalt qoplamasi yotqizish hamda Begyop kanali ustidan o‘tuvchi ko‘prikka himoya to‘siqlarini o‘rnatish zarurligi yuzasidan masalalar ko‘tarildi.
🔎 O‘rganish davomida murojaatda qayd etilgan holatlar joyida ko‘zdan kechirilib, mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.
📨 O‘rganish yakuniga ko‘ra, mazkur masalalarni ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.
✅ Murojaat ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5