🍞 Oziq-ovqat xavfsizligi – xalq farovonligining muhim kafolati
2025-yil 3-fevralda “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-1023-son Qonun qabul qilindi.
Mazkur Qonun aholini sifatli, xavfsiz va yetarli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda ushbu sohada davlat siyosatini samarali amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
Qonunga muvofiq:
✅ oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va realizatsiya qilishda xavfsizlik talablariga rioya etish;
✅ iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish;
✅ mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash;
✅ favqulodda vaziyatlarda oziq-ovqat ta’minotining uzluksizligini ta’minlash kabi muhim yo‘nalishlar belgilangan.
🌱 Sifatli oziq-ovqat — sog‘lom jamiyat va xalq farovonligining muhim omilidir.