Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputatlari, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi hamda tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi vakillari bilan birgalikda “Charmgaron” MFY hududida joylashgan 89-, 91- va 94-sonli koʻp kvartirali uylar hamda ularga tutash ichki yoʻlaklar holatini oʻrgandilar.
🔍 Oʻrganish jarayonida mazkur hududda mavjud infratuzilma holati, aholi uchun yaratilgan sharoitlar va yoʻlaklarning bugungi kundagi ahvoli atroflicha koʻzdan kechirildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar ham inobatga olindi.
📌 Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan tegishli mablagʻlar hisobidan “Charmgaron” MFYning Bobur koʻchasidagi 89 va 91-uylarni bogʻlovchi ichki yoʻlak hamda 94-uyning old qismida joylashgan, umumiy maydoni 610 kvadrat metr boʻlgan yoʻlaklarni beton qoplama bilan taʼmirlash rejalashtirilgan.
🗺 Mazkur ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish hamda koʻp qavatli uylar atrofini obodonlashtirishga xizmat qiladi.