#Sessiya
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari o’ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 25-iyun kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdan tashqari o’ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida Toshkent viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.
Sessiya ishida Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi A.Eshmuratov, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi a’zosi Z.Bekatova, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tarmoq rahbari A. Kamilov, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Y.Kanyazov, Korrupsiyaga qarshi kurashish Toshkent viloyat hududiy Kengash a’zolari,masalaga taalluqli viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, viloyat prokurori, viloyat IIBB boshlig’i hamda tuman, shahar studiyalaridan qizil toifaga tushgan 64 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining yettiligi ishtirok etishdi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar tasdiqlandi hamda mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook