O‘rganish jarayonida aholi vakillari bilan uchrashilib, mavjud muammolar va takliflar tinglandi. Ayniqsa, ayrim ichki ko‘chalarning ta’mirtalab ekani, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, yo‘llarning holatini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
✅ Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va hududlarni obod etish yo‘lidagi ishlar davom etadi.