Yangiliklar

📹 Xavfsizlik masalalari deputat e’tiborida

🏛 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Sharipov Alisher Eduardovich Qalqon mahallasida o‘rnatilgan kuzatuv kameralari holatini o‘rgandi.

🔍 O‘rganish davomida mahalla hududidagi videokuzatuv tizimlarining ishlash holati, qamrov darajasi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati ko‘rib chiqildi.

🤝 Shuningdek, mahalla faollari va mutasaddilar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar hamda qo‘shimcha kuzatuv kameralarini o‘rnatish zarurati bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

✅ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va hududda xavfsizlikni yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 1