Yangiliklar

📍 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Xudoyarov Baxrom Ziyavutdinovich “Yangidavr” mahallasi aholisi bilan uchrashdi.

📌Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li 3-tor ko‘chasi, 69-uy oldiga temir-beton elektr ustuni olib kelingan bo‘lishiga qaramasdan, shu kunga qadar o‘rnatilmagani yuzasidan murojaat bildirildi.

❗️Murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganilib, elektr ustunini o‘rnatish ishlarini tezlashtirish choralari ko‘rilishi yuzasidan mas’ullarga murojaat qilindi.

✅Masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ishlar olib borilmoqda.

Slide 1 of 1