Yangiliklar

📢 TRANSFORMATORLAR ATROFI O‘RALADI: BAXMALDA BOLALAR XAVFSIZLIGI NAZORATGA OLINDI

📢 TRANSFORMATORLAR ATROFI O‘RALADI: BAXMALDA BOLALAR XAVFSIZLIGI NAZORATGA OLINDI
Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi deputati E.Kattabekov hududdagi xavfli muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.
"Oyqor" MFY hududidagi 15- va 51-sonli maktablar yaqinida joylashgan 2 dona yuqori kuchlanishli transformatorning atrofi ochiq holatda bo‘lib, o‘quvchilar va yosh bolalar hayotiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
Aholi murojaati asosida deputat E.Kattabekov tomonidan Tuman Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Sh.Sulaymanovga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi. So‘rovda bolalar xavfsizligini ta’minlash uchun transformatorlar atrofini metall panjara bilan to‘liq o‘rash va to‘siq pastki qismini yerga jips yopish talab qilindi.
Farzandlarimiz xavfsizligi — eng oliy vazifamiz. Masala ijrosi to‘liq deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1