Yangiliklar

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishga komissiya raisi Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich rahbarlik qildi.

Yig‘ilish davomida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar jarayonida:
🧳 taklif va mulohazalar bildirildi
🧳 mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi

Yig‘ilish yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 1