Yangiliklar

Qozoq Nayman mahallasida aholi uchun xizmat sifati o‘rganildi

✍️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati S. Nurmamatova tomonidan Qozoq Nayman mahallasida joylashgan ommaviy ovqatlanish maskani mahalla faollari va nuroniylar ishtirokida o‘rganildi.

☕️O‘rganish davomida ushbu maskanda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🫖Shuningdek, mahalla faollari va nuroniylar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🍽Deputatlik nazorati doirasida bu kabi o‘rganishlar aholi manfaatlarini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash hamda hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1