Yangiliklar

MAKTAB QURILISHIDAGI KAMCHILIKLARGA KIM AYBDOR:QURUVCHIMI YOKI QURILISHGA MA'SUL BO'LGAN RAHBARMI?

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati D.Tuychiyeva tomonidan 102-maktabning yangi binosida olib borilgan o‘rganishda bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlanmoqda. Jumladan, maktab binosining ayrim qismlari hali to‘liq foydalanishga topshirilmagan bo‘lib, elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar mavjudligi kuzatildi. Katta transformator o‘rnatilgan bo‘lsa-da, maktabga elektr tarmog‘i to‘liq ulanmagan.
Shuningdek:
— tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilmagan;
— liftlar ishga tushirilmagan va yon qismlari ochiq holda qolgan;
— issiqlik tizimi to‘liq ulanmagan;
— ayrim eshik va qurilish qismlarida sifatsiz bajarilgan holatlar mavjud;
— hojatxonalarning holati talab darajasida emas;
— obodonlashtirish ishlari yakuniga yetmagan;
— xavfsizlik talabiga rioya qilinmagan.
O‘rganish davomida qurilishdagi kamchiliklar foto va video tasvirlarga olinib, mutasaddi tashkilotlar e'tiboriga yetkazildi.

Slide 1 of 9