Yangiliklar

Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati deputatlar e’tiborida

Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati deputatlar e’tiborida

📌 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Turopova, Kengashning 7-Mayda saylov okrugi deputati M.Xudoyqulova hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi N.Ro‘ziyevalar tomonidan FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati hamda yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining tezkorligi, murojaatlar bilan ishlash tizimi, navbatlarni tashkil etish, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari hamda fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.

🏛 Shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonida uchrayotgan ayrim muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, tizim samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

🤝 Mutasaddilar tomonidan aholiga sifatli va zamonaviy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.