❗️Deputat taklifi — Kengash qarori bilan ajratilgan mablag‘ ijroda
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi 3-Shahriobod okrugi deputati Sh. Sagdullayevning taklifiga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani “Elobod” MFY hududida joylashgan 451-DMTTning fasad qismini ta’mirlash uchun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2025-yil noyabr oyidagi qaroriga muvofiq 500,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan edi.
🔨 Ayni paytda mazkur muassasada ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
📌 Ma’lumot uchun, 451-DMTT 1972-yilda qurilib foydalanishga topshirilgan bo‘lib, quvvati 360 o‘rinli. Qurilish-ta’mirlash ishlari Toshkent shahar “Yagona buyurtmachi” IK buyurtmachiligida “RENAISSANS BUILDER” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida 1251 kv.m fasad qismi to‘liq ta’mirlanmoqda.
✅ Yaqin kunlarda ta’mirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
✅ Bu kabi amaliy ishlar deputatlarimiz tashabbusi bilan izchil davom ettiriladi.