Yangiliklar

BOGʻZOR NOMLI MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlari yaratish hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida qilingan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yechim topish, ishsizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda imtiyozli kredit va subsidiya asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlarga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1