Yangiliklar

Farhod mahallasidagi muammo deputat nazoratida

O‘rganishlar davomida Farhod mahallasidagi Ibn Sino ko‘chasi yoqasida joylashgan kanallar qarovsiz holga kelib qolgani aniqlandi. Ariqlarda yomg‘ir va oqova suvlar to‘planib qolgani, turli chiqindilar yig‘ilib ketgani natijasida hududda noxush hidlar tarqalmoqda.

💬 Bu holat nafaqat antisanitariya muhitini keltirib chiqarmoqda, balki aholi salomatligiga ham jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

✔️ Mazkur muammo yuzasidan Termiz shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 2