Yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI TO‘G‘RISIDA

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, Oltinsoy tumani ma’muriy-hududiy chegaralarini belgilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning yakuniy natijalarini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan “Aergeodeziya markazi” Surxondaryo hududlararo bo‘linmasi YEKL bo‘limi boshlig‘i F.Xujamuratovning hisoboti tinglandi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilib, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritish uchun tavsiya etildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 5