Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan Qizilqum madaniyat uyi muassasasi hamda ushbu binoda joylashgan kutubxonaning faoliyati joyiga chiqib, atroflicha o‘rganildi.

🔍 O‘rganishlar davomida:

— madaniyat uyining moddiy-texnik holati, mavjud jihozlar va ularning foydalanish darajasi;

— aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifati va qamrovi;

— turli to‘garaklar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning tashkil etilishi;

— kutubxonadagi kitob fondi, yangi adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar batafsil ko‘zdan kechirildi.

🗣 Shuningdek, muassasa xodimlari bilan ochiq va samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning kundalik faoliyati, mavjud muammolar, ehtiyojlar hamda istiqboldagi rejalari muhokama qilindi.

 Suhbatlar davomida:

— yoshlarni madaniyat va kitobxonlikka keng jalb etish;

— bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish;

— mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish;

— yangi loyihalar va tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, muassasa faoliyatini yanada rivojlantirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

 Bu kabi o‘rganishlar orqali joylardagi holatni yaxshilash, aholining madaniy-ma’naviy ehtiyojlarini to‘liq qondirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 4