🏛 Bandixonda "Deputat va mahalla yettiligi" hamkorligi: Nazorat va tahlil tadbiri
Bandixon tumanida mahalliy Kengash deputatlari hamda "Mahalla yettiligi" o‘rtasidagi tizimli hamkorlikni mustahkamlash, hududiy muammolarni manzilli hal etish borasidagi ishlar qat’iy nazoratga olingan.
✅Bandixon tumani "Birdamlik" mahallasida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tomonidan navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
✅O‘rganish markazida nimalarga e’tibor qaratildi?
✅Tadbir davomida mahalla yettiligi a’zolarining o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirgan ishlari va natijalari atroflicha tahlil qilindi:
✅ Mahalla raisi: Hududdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va obodonlashtirish ishlarining borishi;
✅ Ijtimoiy xodim: "Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligi;
✅ Yoshlar yetakchisi: Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish va bandligini ta’minlash;
✅ Hokim yordamchisi: Mahalla drayverlari asosida aholi daromadlarini oshirish choralari.
✅Tahlil yakunida deputatlik nazoratini yanada jonlantirish hamda "24 ta yo‘nalish" bo‘yicha belgilangan mezonlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi.
✅Bu kabi tadbirlar mahalliy Kengashlar rolini oshirish, davlat organlari va mahalla tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish orqali hududiy rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.