Mazkur festival milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, boy folklor merosimizni keng targ‘ib etish hamda turli xalqlar madaniyati o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
💬 Tadbir davomida tomoshabinlar milliy kuy-qo‘shiqlar, jo‘shqin raqslar, sahna ko‘rinishlari hamda an’anaviy hunarmandchilik namoyishlaridan bahramand bo‘lishlari mumkin. Har bir chiqish o‘ziga xos ruh, rang va tarixiy mazmunni mujassam etadi.
💬Boysun tumanida bo‘lib o‘tayotgan ushbu rang-barang festival barchani unutilmas taassurotlar sari chorlaydi!
📌"Boysun bahori" — bu nafaqat bayram, balki milliy qadriyatlarimiz, azaliy an’analarimiz va madaniy merosimizning yorqin namoyonidir.