Yangiliklar

“Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari deputat nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimizda har yili aprel oyida “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur haftalik doirasida tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Tadbirlar jarayoni tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan o‘rganilib, ularning mazmun-mohiyati va tashkil etilish darajasi yuzasidan nazorat olib borildi. 

Slide 1 of 4