Yangiliklar

Jondor tumanida sessiyaga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Murodovlar tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida bo‘lib, mas’ullarga Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitish tartibi bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, sessiyaga taqdim etiladigan ma’lumotlarni sifatli va aniq shakllantirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✔️Shu oyda sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar ham joyiga chiqib o‘rganilib, sohadagi mavjud holat, yutuq va muammolar tahlil qilindi.

✔️Mazkur amaliy yondashuv sessiya muhokamalari samaradorligini oshirish, qabul qilinadigan qarorlarning puxta va asosli bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4