Yangiliklar

8-Lutfiy saylov okrugida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, 8-Lutfiy saylov okrugi deputati Xidiyatullina Rima Rashitovnaga okrug hududidagi Qatortol 1-tor ko‘chasi, 37-uydagi xonadonlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan yashash sharoitlari bilan bog‘liq qator muammolar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlar atroflicha tahlil qilinib, ularning dolzarbligi va ijtimoiy ahamiyati inobatga olingan holda, mazkur masalalar deputat tomonidan Kengashning mas’ul doimiy komissiyalariga kiritildi.

Mazkur murojaatlar asosida Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li hamda komissiya a’zosi Xidiyatullina Rima Rashitovna, shuningdek Qurilish, kommunal xo‘jalik, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Miryunusov Alisher Xabibullaevich tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida ushbu manzilda gaz ta’minotidagi uzilganligi, elektr ta'minotida ham tez tez uzilishlar bo'layotgani va boshqa muammolar aniqlandi.

Ayni vaqtda muammoni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Slide 1 of 4