Yangiliklar

Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Nigora Murodova chorak yakuni bo‘yicha saylovchilar oldida axborot berdi. Uchrashuv “Qo‘yliqobod” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etildi.

Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati S. Fayziyeva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Kerimov, mahalla raisi, faollar, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. Axborotda chorak davomida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijalari haqida ma’lumot berildi.

📁 Shuningdek, deputat saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, joylarda aniqlangan muammolar va ularni hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan to‘xtalib o‘tdi.

💬 Ochiq muloqot tarzida o‘tgan yig‘ilishda fuqarolar tomonidan ta’lim sifati, infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish, yoshlar bandligi hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan takliflar bildirildi. Deputat ushbu masalalar nazoratga olinishi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishini qayd etdi.

Slide 1 of 1