Yangiliklar

MADANIYAT VA SAN’AT XODIMLARI KUNI UCHTEPADA KENG NISHONLANDI

MADANIYAT VA SAN’AT XODIMLARI KUNI UCHTEPADA KENG NISHONLANDI

 ✨ Uchtepa tumanida Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan bayramona tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi tomonidan tumandagi madaniyat markazida o‘z kasb bayramlarini nishonlayotgan soha fidoyilarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

 🎤 Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari Oybek Raxmonberdiyev hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ishtirok etib, yig‘ilganlarni samimiy qutladilar. So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan e’tibor, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda soha xodimlarining jamiyat hayotidagi muhim o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.

 ✅ Tadbir davomida o‘zining fidokorona mehnati, ijodiy yutuqlari va soha rivojiga qo‘shgan munosib hissasi bilan ajralib turgan bir guruh xodimlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Jumladan, badiiy rahbar Maxpuzaxon Boymirzayeva, ovoz rejissori Zokirjon Gaffarov, filial mudiri Xojiakbar Safarov kabi soha vakillariga alohida e’tibor qaratildi.

 🗣 Bayram tadbiri davomida madaniyat markazi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

 🔼 Mazkur tadbir Uchtepa tumanida madaniyat va san’at ahliga bo‘lgan yuksak hurmat va e’tiborning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Slide 1 of 8