#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B.Shakarov Ko‘lto‘sin mahallasi Ko‘lto‘sin qishlog‘ida yashovchi fuqarolar tomonidan yo‘llangan taklif va fikrlarni o‘rganib chiqdi.
O‘rganish jarayonida mazkur qishloqda aholi tomonidan foydalanib kelinayotgan yo‘l o‘tish inshootining (ko‘prikning) holati qoniqarsiz ekani, u aholi tomonidan qo‘lbola usulda barpo etilgan bo‘lib, bugungi kunda xavfsiz harakatlanish talablariga javob bermasligi aniqlandi. Ushbu inshootdan qishloq aholisi, xususan o‘quvchilar 34-sonli umumta’lim maktabiga qatnashda muntazam foydalanib kelmoqda.
Holat yuzasidan mavjud muammoni bartaraf etish, aholining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash maqsadida tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish rejalashtirilmoqda.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)