Yangiliklar

Deputat mahalla faoliyatini o‘rgandi

O‘rganish jarayonida, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-son Farmoni asosida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, manzilli yordam ko‘rsatish hamda mahalla darajasida samarali tizimni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5