Yangiliklar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Davlat Danayev tomonidan Amir Temur mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida 2026-yilning 1-choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan saylovchilarga batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan bir qator muammo va takliflar bildirildi. Jumladan:

➡️shaharda faoliyat yuritayotgan shirkatlar faoliyatidan norozilik;

➡️ko‘p qavatli uylar atrofiga kuzatuv kameralari o‘rnatish;

➡️qurigan daraxtlarni butalash;

➡️mahallada sug‘orish tizimini yaxshilash masalalari ko‘tarildi.

Bildirilgan barcha murojaatlar deputat tomonidan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi va deputatlik so‘rovi yuborilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5