Yangiliklar

Fuqarolar bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

 Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Fayzullayeva Malika Yarkunovna fuqarolar bilan targʻibot tadbiri tashkil etdi. 

️ Tadbir davomida aholi oʻrtasida toʻgʻri ovqatlanish, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish hamda ekologik muammolarga befarq boʻlmaslik masalalari keng yoritildi. Xususan, atrof-muhitni asrash, chiqindilarni toʻgʻri boshqarish va yashil hayot tarzini shakllantirish boʻyicha muhim tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, sogʻlom va ekologik masʼuliyatli hayot tarzini yuritish boʻyicha foydali maʼlumotlarga ega boʻlishdi. 

Slide 1 of 3