Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov, Kengash kotibiyati mudiri H.Amanbayeva tomonidan "Yangi hayot" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov, Kengash kotibiyati mudiri H.Amanbayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Berdiyarova tomonidan "Yangi hayot" mahallasida joylashgan 16-sonli umumta'lim maktabida PQ-377-sonli qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash va rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri H.Amanbayeva, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Berdiyarova hamda tuman Kengashi deputati G.Xolmurodova tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida mahallalarda aholi va bolalar foydalanayotgan sport inshootlari, sport zallari hamda ulardagi sport anjomlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
"FM-muloqot"
янв.21
“KUNLIK ISH REJA — AMALDA!” 📋 06.07.2026
янв.21
Mirzaobod tumani hokimi, Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi deputati  Abduraxim Umarov  o‘tkazilayotgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan joylarga chiqib, mavjud muammolarni o‘rgandi.
янв.21
“BOG‘ISTON” MAHALLASIDA JOYIGA CHIQIB O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi deputati D.Boyturayev tomonidan “Oydin” mahallasida fuqarolarning murojaatlari, aholi bandligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH VA SUV TA’MINOTI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
“YO‘LDOSHOBOD” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
Аgrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat, transport va suv xo‘jalagi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyatida Аgrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat, transport va suv xo‘jalagi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi ZOOM platformasida bo`lib o`tdi.

Yig`ilishni doimiy komissiya raisi A.Xudoyberdiyev olib bordi.


Kun tartibining birinchi masalasi yuzasidan Nurafshon shahridagi ayrim investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun avvalgi yillarda yillarda yer maydonlarini ajratish bilan bog‘liq masalalari hal etilmagan muammoliy loyihalarni joriy holarini o‘rganish yakunlari bo‘yicha ishchi guruhining xulosalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida
Viloyat hokimining o‘rinbosari-Ishchi guruh rahbari o‘rinbosari Sh.Mahmudovning ma'ruzasi eshitildi va muhokama qilindi.

Kun tartibining ikkinchi masalasi yuzasidan Viloyatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i B.Meliyevning ma'ruzasi eshitildi.

Uchinchi masala yuzasidan –“Suv ta’minoti va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” UK Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Maxsudovning Viloyatda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida ajrartilayotgan mablag‘arni maqsadli sarflanishi to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Viloyatidagi ichki yo‘llarini qurish-ta’mirlash ishlariga ajratilgan mablag‘lardan iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan obyektlarning aniqlashtirilgan parametrlarini ko‘rib chiqish hamda mahalliy byudetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan ajratilgan mablag‘larning qayta taqsimlash to‘g‘risida va Хаlq deputatlari viloyat Kengashi deputati O.Begmatovning 2025-yil 31-yanvardagi xatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida murojaatlari bo`yicha Viloyat avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi boshlig‘i J.Bekmurzayevning hisoboti eshitildi va muhokama qilindi.

https://t.me/TV_Kengash 

Slide 1 of 4