Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov, Kengash kotibiyati mudiri H.Amanbayeva tomonidan "Yangi hayot" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov, Kengash kotibiyati mudiri H.Amanbayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Berdiyarova tomonidan "Yangi hayot" mahallasida joylashgan 16-sonli umumta'lim maktabida PQ-377-sonli qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash va rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri H.Amanbayeva, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Berdiyarova hamda tuman Kengashi deputati G.Xolmurodova tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida mahallalarda aholi va bolalar foydalanayotgan sport inshootlari, sport zallari hamda ulardagi sport anjomlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
"FM-muloqot"
янв.21
“KUNLIK ISH REJA — AMALDA!” 📋 06.07.2026
янв.21
Mirzaobod tumani hokimi, Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi deputati  Abduraxim Umarov  o‘tkazilayotgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan joylarga chiqib, mavjud muammolarni o‘rgandi.
янв.21
“BOG‘ISTON” MAHALLASIDA JOYIGA CHIQIB O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi deputati D.Boyturayev tomonidan “Oydin” mahallasida fuqarolarning murojaatlari, aholi bandligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH VA SUV TA’MINOTI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
“YO‘LDOSHOBOD” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashida "Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashining oltinchi sessiyasi" kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📑 Yig'ilish kun tartibidan:

2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot-yili” hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan maqsadlar ijrosi yuzasidan 2025-yilda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (O‘.Sariboyev)ning hisobot to‘g‘risida;

✅ Mahalliy budjetlar daromadlari bajarilishi holati, ular tomonidan qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi yuzasidan tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i (S.Azamov)ning hisoboti to‘g‘risida;

  “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 13-21-maqsadlar hamda aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish, irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish, Onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta’minlash va boshqa kasalliklarni oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining hisoboti;

 ✅ Boyovut tumani mahalliy budjetining 2024-yilning IV-choragi ijrosi to‘g‘risida;

Ma'lumot o‘rnida: Boyovut tumani Iqtisodiyot va Moliya bo‘limining hisobotida asosli va yetarli ma'lumotlar bo‘lmaganligi sababli, doimiy komissiya yig‘lishidan qaytarildi. Xato va kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng, qayta doimiy komissiyada ko‘rib chiqilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 10