Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"FM-muloqot"
янв.21
“KUNLIK ISH REJA — AMALDA!” 📋 06.07.2026
янв.21
Mirzaobod tumani hokimi, Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi deputati  Abduraxim Umarov  o‘tkazilayotgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan joylarga chiqib, mavjud muammolarni o‘rgandi.
янв.21
“BOG‘ISTON” MAHALLASIDA JOYIGA CHIQIB O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi deputati D.Boyturayev tomonidan “Oydin” mahallasida fuqarolarning murojaatlari, aholi bandligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH VA SUV TA’MINOTI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
“YO‘LDOSHOBOD” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“YO‘LDOSHOBOD” MAHALLASIDA JOYIGA CHIQIB O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
OQOLTIN MAHALLASIDA BANDLIK DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov “Mirzacho‘l” MFYda mahalla yettiligi ishtirokida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, yoshlar masalalari hamda aholi murojaatlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tumanning Markaziy dehqon bozorida monitoring o‘tkazdilar.

O‘rganish davomida go‘sht, un, o‘simlik yog‘i, shakar, guruch, tuxum, kartoshka, piyoz, sabzi, pomidor, bodring hamda boshqa asosiy iste’mol mahsulotlarining narxlari, mahsulotlar zaxirasi va savdo jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sotuvchilar bilan muloqot qilinib, mahsulotlarning kelib chiqishi, ta’minot uzluksizligi va narx shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar yuzasidan fikr almashildi.

Monitoring jarayonida xaridorlar bilan ham suhbat o‘tkazilib, ularning narxlar, mahsulot sifati va savdo xizmatidan qoniqish darajasi o‘rganildi. Bozor hududida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, mahsulotlarning saqlanish sharoitlari ham alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Slide 1 of 4