Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"FM-muloqot"
янв.21
“KUNLIK ISH REJA — AMALDA!” 📋 06.07.2026
янв.21
Mirzaobod tumani hokimi, Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi deputati  Abduraxim Umarov  o‘tkazilayotgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan joylarga chiqib, mavjud muammolarni o‘rgandi.
янв.21
“BOG‘ISTON” MAHALLASIDA JOYIGA CHIQIB O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi deputati D.Boyturayev tomonidan “Oydin” mahallasida fuqarolarning murojaatlari, aholi bandligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH VA SUV TA’MINOTI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
“YO‘LDOSHOBOD” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“YO‘LDOSHOBOD” MAHALLASIDA JOYIGA CHIQIB O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
OQOLTIN MAHALLASIDA BANDLIK DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov “Mirzacho‘l” MFYda mahalla yettiligi ishtirokida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, yoshlar masalalari hamda aholi murojaatlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
Deputat Aziz Ibragimov tomonidan hududlarni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan loyihalar joyida o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun

❗️ Deputat Aziz Ibragimov tomonidan hududlarni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan loyihalar joyida o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, 31-Olim Xo‘jayev saylov okrugi deputati Aziz Ibragimov tomonidan mahallalar va ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari hamda deputatlik mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🤝 O‘rganishda Shayxontohur tumani hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari R.Qo‘chqarov, "Great Dizayn Proect" MCHJ loyihachi tashkiloti mutaxassisi I. Rizayev, Toshkent shahar hokimligi Yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi mas’ul xodimlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari ishtirok etdi.

📍 O‘rganish davomida Toshkent shahar Kengashi deputatlari uchun ajratilgan 1 milliard so‘m mablag‘ hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar yana bir bor joyiga chiqib ko‘rib chiqildi. Xususan, "Ko‘kcha Darvoza" mahallasida 27-avtobus yo‘nalishidagi uchta avtobus bekatini ta’mirlash, "Olim Xo‘jayev" mahallasida bolalar maydonchasi o‘rnida mini futbol maydonchasi va zamonaviy bolalar o‘yin maydonchasini barpo etish, "Katta Oqtepa" mahallasida 43-avtobusning oxirgi bekatida yo‘lovchilar uchun zamonaviy bekat qurish hamda mahallaga kirish qismida mahalla nomi aks ettirilgan kichik arka o‘rnatish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🏫 Shuningdek, "Oqilon" mahallasidagi 62-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, "Samarqand Darvoza" mahallasida joylashgan 13-sonli umumta’lim maktabi hududidagi mini futbol maydonchasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ham qo‘shimcha takliflar kiritildi. Mablag‘lar iqtisod qilinishi natijasida yuzaga keladigan qo‘shimcha imkoniyatlarni hududdagi boshqa dolzarb infratuzilma loyihalariga yo‘naltirish yuzasidan ham kelishuvlarga erishildi.

📝 O‘rganish jarayonida "Great Dizayn Proect" MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha yechimlari va xarajatlar smetalari batafsil tahlil qilinib, obyektlarni aholining real ehtiyojlaridan kelib chiqib yanada takomillashtirish, ayrim loyihalarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi.

📚 Shu bilan birga, deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida mahallalardagi mavjud holat kompleks o‘rganildi. Xususan, sport infratuzilmasini rivojlantirish, jamoat transporti bekatlari holati, ijtimoiy obyektlarni ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda davlat mablag‘laridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺 O‘rganish davomida fuqarolar va mahalla faollari tomonidan bildirilgan barcha murojaat hamda takliflar deputat tomonidan "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari"ga qayd etilib, ularning har biri alohida deputatlik nazoratiga olindi. Bildirilgan takliflarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, zarurat tug‘ilganda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlarni ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

💡 Shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar sessiyaoldi tartibida joyiga chiqib o‘rganildi. Aniqlangan muammo va takliflar umumlashtirilib, ularni sessiya muhokamasiga kiritish hamda tegishli qarorlar qabul qilinishini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyatiga taqdim etish bo‘yicha takliflar shakllantirildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5