Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📍 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR MULOQOTI
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 REGLAMENT VA DEPUTATLIK ODOB-AXLOQI MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA
янв.21
📌 MAHALLA TIZIMIDAGI ISHLAR O‘RGANILMOQDA: YANGIDALA MAHALLASI TAJRIBASI
DEHQON MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Dehqon mahallasida xonadonlarni o‘rganish davomida aniqlangan muammolar va ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari mahalla yettiligi bilan birgalikda muhokama qilindi.

Muhokamada xalq deputatlari Navoiy viloyati va Karmana tumani Kengashlari deputatlari tomonidan ijtimoiy reyestrdagi oilalarning daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash hamda ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Jumladan, oilalarning mavjud imkoniyatlarini o‘rganish, mehnatga layoqatli a’zolarini ish bilan ta’minlash, daromad manbalarini shakllantirish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali ularning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, har bir oilaning ijtimoiy holatidan kelib chiqib, muammolarni manzilli hal etish, mahalla yettiligi va deputatlar hamkorligini kuchaytirish hamda berilgan tavsiyalar ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlar oilalarning farovonligini oshirish, ularning mustaqil daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan.

Slide 1 of 2