Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi



✅Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 6-Beshkapa saylov okrugidan saylangan deputat X.Xafizov nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ulug'bekova tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida aholi bandligi masalalari o‘rganildi.

♻️O‘rganish jarayonida bo‘lim tomonidan ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, doimiy va barqaror daromad manbalarini yaratish, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

📊 2026-yil uchun Chinoz tumanida jami 28 101 nafar aholini bandligini ta’minlash, ularning daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan.
Shundan:
🔹 4 039 nafar — doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish orqali;
🔹 18 743 nafar — “Loyihaviy yondashuv” va infratuzilma loyihalari orqali;
🔹 5 319 nafar — ish o‘rinlarini “soya”dan chiqarish hisobiga bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.
📈 O‘rganish davomida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning ijrosi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Shuningdek, fuqarolarni doimiy va barqaror ish bilan ta’minlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanishga ko‘maklashish, oilalarning daromadlarini ko‘paytirish hamda mehnat resurslaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

✅O‘rganish yakunida mavjud holat va belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosi tahlil qilinib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish, bandlikni ta’minlash bo‘yicha ishlarni jadallashtirish hamda ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi

Slide 1 of 3